Viloyat markazidan uzoqda joylashgan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Xorazm viloyati Shovot tumanida metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi ishga tushirildi.
Shaxobchada o‘lchov vositalarini qiyoslashga qa’bul qilish, saqlash, qiyoslashdan qaytarib berish va mijozlarni kutib turishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Shaxobchada keyinchalik suv va elektr xisoblagichlarni qiyoslash uskunasi o‘rnatish mo‘ljallangan.
Shaxobchani ishga tushirilganligi bo‘yicha viloyat gaz, elektr va suv ta’minoti korxonalari xabardor qilindi.
Qayd etish joiz, respublika miqyosida bugungi kunga qadar 14 ta metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchalariga ishga tushirishga erishildi va ularda 41 mingdan ziyod o‘lchov vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi.