Joriy yilning 10 iyun kuni soat 10.00 da “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida, aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi.

Mazkur amaliy seminar “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Shuningdek tadbirda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari va boshqa hamkor tashkilotlarning vakillari ham qatnashishlari kutilmoqda.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi 333a uy

Axborot xizmati