Joriy yilning 25-27  iyun kunlari Shvetsariya davlatining Jeneva shaxrida Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi ixtisoslashtirilgan bo‘limining 65-sessiyasi va “Barqaror kelajak uchun quritilgan mevalar”  mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  “O’zstandart” agentligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Jaxon Soglikni  Saklash (Kodeks Alimentrius) va Hilfswerk Austria International kabi xorijiy tashkilotlar, AKSh, Turkiya, Ispaniya, O’zbekiston, Kirgiziston, Tojikiston, Eron ishbilarmon vakillari va xorijiy davlatlarning BMTdagi doimiy vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu xalkaro anjumanda UNECE tashkilotining Economic Cooperation and Trade Division direktori Ivonne Higuero, International Nut and Dried Fruit Council vakili Pino Calcagn, Hilfswerk Austria (Tojikiston) vakili  Umed Aslanov, GreenerZim Ltd vakili Neville Mchina, Safe Food Alliance vakili Jeremiah Szabo kun tadbiriga oid turli mavzularda prezentatsiya namoyish etishdi. 

Shu bilan birga tadbirda kuritilgan kokos va banan uchun tavsiyalar,  kuritilgan papaya va kovun uchun standart loyixalari, O’zbek vakillari tomonidan kuritilgan kovun uchun taklif etilgan standart loyixalari  to‘lakonli taxlil etib chiqildi va kerakli tavsiyalar berildi. 

O’tkazilgan tadbir davomida xorijiy davlatlarning BMTdagi doimiy vakillari va  ishtirokchilari uchun  O’zbekiston, Kirgiziston, Tojikiston va  AKShdan keltirilgan quruq mevalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir yakunida Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi kuritilgan mevalar bo‘yicha o‘kuv seminari joriy yilning sentyabr oyida Toshkent shaxrida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Axborot xizmati