Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirishga va yurtimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni keng ommaga to‘laqonli yetkazishlari uchun zarur e’tibor ko‘rsatilmoqda.
Bugungi tezkor zamonda yurtdoshlarimizda xolis axbortga bo‘lgan ehtiyojlari kuchayib borayotgan bir paytda OAV lari xodimlaridan tezkorlik, xolislik va biror bir jarayonni yoritishda unga adolatli yondoshishlari talab etiladi.
Respublikamiz hayotida telekanallarning o‘rni kun sayin muhim ahamiyat kasb etmoqda.Hozirda boshqa vazirlik va idoralar qatorida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi telekanallari ham joylarda ijodiy uchrashuvlarni tashkil etishga kirishdilar.
“Dunyo bo‘ylab”- telekanali ijodkorlari “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi bilan uchrashuvni tashkil etdi.
Dastlab mehmonlarga institutning zamonaviy laboratoriyalari va u yerdagi sharoitlar xususida to‘liq ma’lumot berildi. Shundan so‘ng majlislar zalida xodimlar va ijodkorlar o‘rtasida savol-javoblarga boy uchrashuv boshlandi.
Tomoshabinlarimiz telekanal ijodkorlari tomonidan tayyorlanib kelinayotgan “Tavfsilot”, “Borliq sinoati”, “Maftunkor O‘zbekiston”, ”Ornitolog” kabi o‘nlab qiziqarli ko‘rsatuvlarni katta qiziqish bilan tomosha qiladilar.
Uchrashuv davomida Milliy metrologiya instituti xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob oldilar.

Axborot xizmati