Joriy yilning 6 avgust kuni “O‘zstandart” agentligida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari A. Nazarov va vazirlikning boshqarma boliqlari hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining Bosh direktori o‘rinbosari J. Shukurov va agentlikning boshqarma boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855 sonli Qaroriga muvofiq, “O‘zstandart” agentligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘rtasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida “O‘zstandart” agentligi tizimida innovatsion rivojlanish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va uning oylik nazoratini yuritishga kelishib olindi.

Axborot xizmati