Joriy yilning 18 sentyabr kuni O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligida Koreya xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligining (KOICA) O’zbekistondagi ofisi direktori janob Son Song Il va direktor o‘rinbosari Xan Song I xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«O’zstandart» agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov KOICA ning O’zbekistondagi ofisi rahbariyatini “Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali “O’zstandart” agentligi salohiyatini oshirish va rivojlanish Bosh rejasini ishlab chiqish” nomli loyihani amalga oshirishda ko‘rsatayotgan amaliy yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

So‘ng, AKT rivojlantirish guruhi rahbari Fuzuliddin Usmanov loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda loyiha doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimini amaliyotga joriy qilish hamda uning rasmiy ishga tushirish marosimini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy va texnik masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha «O’zstandart» agentligi va KOICA o‘rtasida yangi loyihalarni ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Axborot xizmati