Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish  jarayonida ayrim holatlarda bir qator muammo va kamchiliklar ham ko‘zga tashlanmoqda.

Respublikamiz miqyosidagi davlat boshqaruvi organlarida keng tarqalgan va bartaraf etilmayotgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko‘rib chiqish va amalga oshirish, zarur ishlab chiqarish binolari, yer uchastkalari va kredit mablag‘larini ajratish, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma inshoatlaridan samarali foydalanish masalalarini hal etishdagi sansolarlik, qog‘ozbozlik va turli to‘siqlar bilan bog‘liq holatlar tadbirkorlik sub’ektlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga faol jalb etish, yalpi hududiy mahsulot hajmini oshirish, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va xizmatlar sohasini rivojlantirishga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, bo‘sh turgan ob’ektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish maqsadida  Prezidentimizning 2018-yil 11-sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  tarixiy ahamiyat kasb etadigan qarori qabul qilindi.

Mazkur Qarorga asosan hududlarida komissiya va ishchi guruh a’zolari shakllantirilib, ularning aniq vazifalari hamda mas’uliyatlari belgilab berildi. Jumladan, Samarqand viloyati Tayloq tumanida ham ishchi guruhi tashkil etildi va  uni rahbari etib Samarqand Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i  - M.Saidov tayinlandi.

Ishchi guruhi a’zolari tomonidan Tayloq tumanidagi bir qator qarovsiz qolgan, ishlatilmay turgan bino, inshoot va yer maydonlari aniqlandi. Tayloq tumani hokimligi va ishchi guruh a’zolarining tashabbusi bilan tuman hududidagi qarovsiz bino va yerlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga tanishtirish maqsadida 2018 yil 19 sentyabrda ko‘rgazmali yarmarka o‘tkazildi.

Ushbu yarmarkada O’zbekitson Respublikasi Prezidenti Administatsiyasi mas’ul xodimi S.Aliev rahbarligidagi komissiya a’zolari ishtirok etib, tadbir davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga tegishli javob berildi.

Axborot xizmati