O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori Sattarov Dilshod Nematovich Facebook’da rasmiy sahifasini ochdi.

“Rasmiy sahifamga xush kelibsiz! Hurmatli do’stlar, men sizlarni mamlakatimiz va dunyo miqyosida “O’zstandart” agentligi tizimidagi dolzarb mavzular, yangiliklar, ma'lumotlar hamda ish faoliyatimiz bilan bog’liq jarayonlardan ijtimoiy tarmoq yordamida keng ommani xabardor qilib borishni maqsad qildim.

 Shu bilan birga, Sizning fikringiz, taklif va mulohazalaringiz men uchun judayam muhim. Sizlar bilan tezkor va to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishdan bag’oyatda mamnunman”

Ushbu sahifa orqali  “O’zstandart” agentligi bosh direktori Sattarov Dilshod Nematovichga talab va takliflaringizni yuborishingiz mumkin.

Ushbu saxafani yuritishdan maqsad axoli va tadbirkorlarda o’z faoliyatlarida uchrayotgan  muammolarga yechim topish hamda ular bilan yaqindan hamkorlik o’rnatishdir.
Ushbu havola orqali "O'zstandart" agentligi bosh direktori sahifasiga o'tishingiz mumkin.