Bir necha ming yillik tarixga ega Navro’z bayrami ajdodlarimiz tomonidan sharqona yangi yil sifatida keng nishonlanib kelingan. Inson va tabiat o’rtasidagi mushtaraklik, dehqonchilik mavsumining boshlanishi Navro’z shodiyonalarida o’z ifodasini topgan.

Navro’z bayrami nafaqat ona tabiatimizda, balki sohalarda ham yangilanishni, o’zgarishlarni tuhfa etmoqda. Shuning uchundir, ushbu bayram saylida “Qadaming qutlug’ kelsin, Navro’z!”, “Dehqonbobo xirmonlariga baraka bersin!” , – deya samimiy niyatlar qilinadi.

Аn'analar davomi yangi tashkil etilgan “O’zstandart” agentligining “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti”da ham o’z ifodasini topdi. Soha xodimlari Navro’z ayyomini har yilgidanda o’zgacharoq, ya'ni qo’shaloq bayram sifatida kutib oldilar.

Ilmiy-tadqiqot institutida bo’lib o’tgan bayram tadbirida “O’zstandart” agentligi rahbariyati ishtirok etib, institutning maqomi xususida, bu o’zgarishni Navro’z ayyomiga tuhfa sifatida qabul qilinishi, soha rivoji uchun yanada samaraliroq faoliyat yuritishi kerakligi, bu esa o’z navbatida jamoa uchun keng imkoniyatlar yaratilganligini ta'kidlab, barchani Navro’z bayrami bilan tabrikladilar.