Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi hududdagi oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Hamkorlik doirasida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, ularda markaz to‘g‘risida tushuncha va ko‘nikmalarini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Jumladan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida tashkil etilgan “Zamonaviy metrologiya va standartlashtirishning ishlab chiqarish sanoatida tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi seminar anashu hamkorlikning mantiqiy davomi deyish mumkin.

 

Unda markaz va institut o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, metrologiya sohasini yanada rivojlantirish va boshqa masalalar atroflicha o‘rganildi.