Departament mutaxassislari “ROZMETOV Z.M” va “OM-AK-NUR-BIZNES” korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Korxonalar asosan kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bozorimizda o‘z o‘rniga ega.

“ROZMETOV Z.M” korxona rahbari Furqat Shertayev ishlab chiqarish tizimi to‘g‘risida gapirar ekan, 40 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqarishi, kelajakda ularning sonini yanada ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari ochish rejalari boligini shuning bilan birga korxonadagi ayrim muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi. jumladan, mahsulotning saqlash muddatlari qisqaligi tufayli eksport qilish imkoniyati chegaralanganligi, saqlash muddatini uzaytirish uchun o‘tkaziladigan sinovlar esa anchayin qimmat turishi, bu sinovlar har bir mahsulot turi uchun alohida o‘tkazilishi sababli xarajatlar yanada oshib ketishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, bozorlarimizda qalbaki va sifati kafolatlanmagan mahsulotlar ham uchrab turishi, ular korxonada ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar obro‘siga putur yetkazayotganligi borasida ham fikr va mulohazalar ham bildirildi.

Shuningdek, Departament mutaxassislari joriy yilning o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizning 203 ta korxonasida bo‘lib, sohaga doir muammolarni tahliliy o‘rgandilar.

Mazkur tadbirlar mobaynida ular 153 ta me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlandi, 135 ta korxonalarga me’yoriy hujjatlar zarurligi, 15 ta korxonaga xalqaro me’yoriy hujjatlarni joriy etilishida 122 ta o‘lchov vositasi qiyoslovdan o‘tkazilishi va 44 ta mahsulotlarning sertifikatlashtirilishida hamda 8 ta korxonada sifat tizimlarini joriy qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.