Standartlar institutida xususiy sertifikatlashtirish idoralari xodimlari bilan hamkorlikda standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishlarida yetuk malakali kadrlarni tayyorlash, qayta o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va bu borada mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etish masalalariga big‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Davra suhbatida qator xususiy sertifikatlashtirish idoralarining shu sohada tajribaga ega bo‘lgan, faol mutaxassislari ishtirok etishdi.

Qizg‘in munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilish davomida mutaxassislar tomonidan sohada qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyatida o‘quv jarayonlarini yanada mukammallashtirish, ushbu sohaga doir sifatli adabiyotlarning taqchilligi, masofaviy o‘qishlarni yo‘lga qo‘yish, yangi standartlarni tasdiqlash bo‘yicha xorijiy mutaxassislar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda institut maqomini yanada oshirish borasidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.

Standartlar instituti Matbuot xizmati