Yurtimizda ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini baholash uchun zamonaviy sinov usullar (eksperss metodlar)ning xorijiy mamlakatlarning bozorlarida qabul qilingan 967 ta standartlari joriy qilindi;

Tadbirkorlarga qullaylik yaratish maqsadida bozor iqtisodiyoti talablariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va ma’nan eskirgan 30 ta standartlar amaliyotdan chiqarib tashlandi, hamda 132 tasi qayta ko‘rib chiqildi.

Albatta, bunday ishlarning ko‘lamini oshirish maqsadida rivojlangan davlatlarning tashkilotlari bilan amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Masalan, Fransiya davlatining Standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida faoliyat olib boruvchi AFNOR tashkiloti bilan Fransiya standartlaridan foydalanish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuning bilan birga, mahalliy sanoat korxonalarida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Amerika materiallarni sinovlari standartlari tashkilotining (ASTM) dan 12 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishiga imkoniyat yaratildi.