Dunyoning 165 ta davlatlaridan ishtirok etayotgan Milliy standartlashtirish tashkilotlarining 700 tadan ortiq mutaxassislari, xalqaro tadbirida ISO 2030 rivojlanish strategiyasi loyihasi, ISO tizimi va xizmatlari, standartlashtirish sohasidagi rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlovchi muhim masalalari, iqtisodiyotning yuqori texnologik doiralarida standartlashtirishni rivojlantirish, standartlashtirishda davlat ishtiroki, davlatlararo hamkorlik, standartlashtirish sohasida IT-texnologiyalarining zamonaviy vosita sifatida qo‘llanishi oid masalalar o‘zaro muhokama qilinmoqda.

Tadbir doirasida “O‘zstandart” agentligi va xorijiy milliy standartlashtirish idoralari o‘rtasida strategik va ikki tomonlama xamkorlik bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Standartlar instituti va Qozog‘iston Respublikasi standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti o‘rtasida milliy standartlarni qabul qilish va tarqatish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Imzolangan kelishuv O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va Qozog‘iston davlatiga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan maxsulotlarga majburiy talablarni belgilovchi standartlarni olish imkoniyati yaratadi. Tegishli bo‘lgan Qozog‘iston milliy standartlari kelgusida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazib beriladi.