Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan viloyatdagi yirik ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga xalqaro standartlar asosida ISO 9001 (sifat menejmenti tizimlari), ISO 22000 (oziq – ovqat xavfsizligini ta’minlash menejmenti) va ISO 50001 (energomenejment) standartlarini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 29-31 oktyabr kunlari viloyatdagi ISO 50001 (energomenejment) standarti talablari joriy etilgan Buxoro viloyat elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatiga, ISO 9001 (sifat menejmenti tizimlari) va ISO 22000 (oziq – ovqat xavfsizligini ta’minlash menejmenti) standartlari talablari joriy etilgan “Shahriston” mehmonxonasiga hamda ISO 9001 standarti talablari joriy etilgan Buxoro hududiy yo‘llar Bosh boshqarmasiga qarashli “Jondor tuman yo‘llardan foydalanish” Unitar korxonasiga ISO 9001 (sifat menejmenti tizimlari) talablariga javob berishini tasdiqlovchi sertifikatlari topshirildi.