“O‘zstandart” agentligi va uning tizim tashkilotlarida joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – saylovlar yuzasidan “Saylov qonunchiligi targ‘ibot tadbiri” tashkil etilmoqda.
Mazkur yig‘ilishlarda saylov va uni o‘tkazish tartiblari, saylov jarayoni va boshqa masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Agentlikning markaziy apparati xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasi saylov qonunchiligi o‘quv markazi direktori, yuridik fanlari doktori, professor Shuhrat Fayziyev ishtirok etib, mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Sh.Fayziyev o‘z nutqida butun respublika bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirilgani, saylov uchastkalari haqida ma’lumotlar bir bazada jamlanishi, saylov komissiyasi a’zolari maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun sharoitlar yaratilganligi va boshqa yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi.


Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari uchun tashkil etilgan Saylov oldi tadbirga “O‘zstandart” agentligi Yuridik bo‘lim boshlig‘i Sherzod Urinov ishtirokchilarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman hamda shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovning mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonuni, shuningdek, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy masalalari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.


Ochiq muloqot tarzida o‘tgan targ‘ibot tadbirlarda ishtirokchilarning ko‘plab savollariga mutaxassislar batafsil javob berdi.