Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturiga asosan, “O‘zstandart” Agentligining Standartlar instituti Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tomonidan standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va menejment tizimlari bo‘yicha “2020 yilda Standartlar institutida tashkilotlar va korxonalarning rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish Reja-jadvali ” ishlab chiqildi.

O‘quv kurslari bo‘yicha nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari amaldagi qonunchilik va normativ xujjatlar talablarini hisobga olgan holda institutda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi shuningdek korxona va tashkilotlar buyurtmalari asosida ularni qiziktirgan, shu jumladan reja-jadvalda (ilovada) ko‘rsatilmagan ixtisosliklar bo‘yicha o‘zaro kelishilgan dastur asosida, tinglovchilar soni 20 tadan kam bo‘lmagan guruhlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilishi mumkin. O‘qish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.O‘quv kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga davlat namunasidagi guvohnoma yoki sertifikat beriladi.

Malaka oshirishga viloyatlardan jalb qilingan mutaxassislar Standartlar instituti qoshidagi mehmonxona xizmatidan shartnoma asosida foydalanishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni www.smsiti.uz va www.standart.uz saytlaridan ham olishingiz mumkin.

Yuqoridagilarni e’tiborga olib, o‘quv jarayonini optimal tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida, 2020 yilda Standartlar institutida mutaxassislaringiz malakasini oshirish bo‘yicha Sizni qiziqtirgan savol va takliflaringiz bo‘yicha quyidagi telefon va elektron manzillari orqali bog‘lanishingizni so‘raymiz: (71) 250-12-63, 253-80-81; faks: 253-85-10;

e-mail: spk-niisms@exat.uz, cpk_niisms@mail.ru, mom@smsiti.uz.