“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan 2019 yilning 9 oy davomida sinov laboratoriyalarni rivojlantirish bo‘yicha 3,5 mlrd. so‘mlik 37 dona sinov uskunalari xarid qilindi.

2020 yilda Jahon bankining 20,3 mln. AQSh dollar krediti hisobiga 462 dona zamonaviy sinov uskunalari xarid qilinishi rejalashtirildi. Texnik vositalarni elektromagnit moslashuvchanlikka sinash laboratoriyasini tashkil etish yuzasidan Chexiyaning “Exporta” kompaniyasi bilan hamkorlikda 3,8 mln. yevro miqdorida kreditlarni o‘zlashtiriladi.

Buning natijasida 300 ga yaqin yangi sinov uslublari (69 tasi xalqaro uslublar) amaliyotga joriy etilib, standart talablariga asosan ayrim mahsulotlarni sinovlarni to‘liq o‘tkazilishiga erishiladi.