Tibbiy laboratoriyalar uchun ishonchlilik va aniqlik hech qachon bunchalik muhim bo‘lmagan. Xatarlarni boshqarishning ishonchli jarayonlari xatolar va noto‘g‘ri natijalardan eng yaxshi himoya hisoblanadi

Yangi versiyadagi ISO 22367 (Medical laboratories – Application of risk management to medical laboratories, ) – “Tibbiy laboratoriyalar - Tibbiy laboratoriyalarda xavflarni boshqarish usullari” standarti Amerika Milliy Standartlari Instituti (ANSI) rahbarligida ISO/TC 212 texnik qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqildi. Yangi versiyadagi ISO 22367 standarti tibbiy asbob-uskunalarda xatarlarni boshqarish bo‘yicha ISO 14971 va tibbiy laboratoriyada qo‘llanma beradigan ISO 15190 standarti bilan uyg‘unlashtirildi

ISO 22367 standarti tibbiy laboratoriya tekshiruvlari bilan bog‘liq bo‘lgan bemorlar va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar uchun xavfni aniqlash va boshqarish bo‘yicha tibbiy laboratoriya jarayonini samarali belgilab beradi.

Mazkur yangi xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/ru/news/ref2491.html