“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida mahsulotlari sinovlarini o‘tkazgan 297 ta tadbirkorlik sub’ektlariga deklaratsiyalash yo‘li bilan sertifikatlar rasmiylashtirib berildi. Bular, 66 turdagi elektrotexnika, 108 turdagi qurilish, 55 turdagi oziq-ovqat, 31 turdagi mashinasozlik, 30 turdagi yengil sanoat va 7 turdagi kimyo mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.