O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi va Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN) o‘rtasida xamkorlik bitimi imzolandi.

Hamkorlik bitimining imzolanishi natijasida, Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN) standartlarini olish va keng foydalanish imkoniyati yaratildi.

Yevropa standartlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘z maxsulotlarini Yevropa standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, maxsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishda xizmat qiladi.

Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN) standartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agentligi yoki Agentlik huzuridagi Standartlar ilmiy-tadqiqot institutiga murojaat qilishingiz mumkin.