O‘zbekiston Respublikasining Singapur davlatidagi elchixonasi va “O‘zstandart” agentligi hamkorligida Alpha Global Capital (Singapore) Pte Ltd and HQC Pte Ltd kompaniya vakillari bilan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda bugungi kunda mamlakatimizda halqaro muvofiqlikni baholash belgisi bilan mahsulotlarning sotilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi holati, halqaro standartlar talablari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozori, halqaro standartlar belgisi ostida turizm sohasining rivoji, halqaro standartlar brendi orqali mahsulotlarni eksport qilish, import va eksport maxsulotlarga qo‘yilgan sifat va havfsizlik talablari, iste’mol madaniyati, korxonalarga halqaro sifat sertifikati berish, mahsulotlarni eksport va import qiluvchi korxonalarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash, muvofiqlikni baxolash bo‘icha treyning-o‘quv seminarlarini tashkil etish va xodimlar tayyorlashga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Onlayn muloqot natijalariga ko‘ra, halqaro standartlarni samarali joriy etish va muvofiqlikni baholash ishlarini jadallashtirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va soha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlik qilishga kelishib olindi.