Standartlar institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti tomonidan “Sinash va kalibrlash laboratoriyalarining kompetentliligini O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 bo‘yicha baholash” ixtisosligi bo‘yicha masofaviy onlayn malaka oshirish kursi tashkil qilindi.
Ushbu kursda “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ dan 23 nafar, boshqa qator korxona va tashkilotlardan esa 18 nafar sinov laboratoriya mutaxassislari muvaffaqiyatli tugatishdi. Kursda asosiy e’tibor xalqaro ISO/IEC 17025:2017 standarti asosida qabul qilingan O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 davlat standartining yangi talablarini tinglovchilarga yetkazishga va ularni laboratoriya amaliyotiga joriy etishni o‘rgatishga qaratildi.