Hech kimga sir emas, COVID-19 pandemiyasi bizning raqamli dunyoga bo‘lgan ehityojimizni kuchaytirdi, odatdagi ish faoliyatimiz o‘zgardi, xavfsizlik va ishning uzluksizligiga ko‘proq ishonishni, uzoqdan ishlaydigan vositalardan ko‘proq foydalanishga, shu bilan birga mijozlarga xizmat ko‘rsatishda davom etadigan muhim biznes faoliyatini saqlab, xizmatlarni taqdim etishga e’tiborni kuchaytirdi.
Bu COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan kiber-xatarlarga jiddiy munosabatda bo‘lishimizni talab etadi.
Joriy yilning 2 iyul kuni Halqaro standartlashtrish tashkiloti eksperti doktor Edvard Xamfri ishtirokida “COVID-19. Kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini boshqarish(ISO / IEC 27001)” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.

Vebinarda bugungi kunda keng tarqalgan kiber-xavflar, xususan, COVID-19 pandemiyasi paytida aniqlangan muammolar muxokama qilindi.
Shuningdek, ISO/ IEC 27001 «Axborot texnologiyalari» xalqaro standartini qo‘llash masalalari, Himoyani ta’minlash usullari, Axborot xavfsizligi tizimlari, kiberxavf-xatarlarni kamaytirish, sertifikatlashtirish muammolarini hal qilishda amaliy yordam berish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, kiber-xavflar bilan bog‘liq ba’zi muammolarni hal qilish uchun ISO / IEC tashkilotlari ko‘p yillar davomida tashkilotlarga bunday xavflarni yengishda yordam beradigan standartlar to‘plamini ishlab chiqdi.
COVID-19 pandemiyasi bizning ma’lumotlarimizni, mavjud tizimlarimizni
va infratuzilmani himoya qilish uchun ISO/ IEC 27000 standartlarni qo‘llash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, tadbirda ISO / IEC 27001 oilasidagi standartlar va ular kiber xatarlarni yumshatishda qanday yordam berishi mumkinligi haqida tomonlar fikr almashishdi. Vebinar yakunida, ISO / IEC 27001 sertifikati va hozirgi COVID-19 holati paytida baholash va audit o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar muxokama qilindi.
Tadbirda “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari ham ishtirok etdi.