“O‘zstandart” agentligi tomonidan Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotiga a’zo davlatlarning tajribalarini o‘rganib chiqqan holda bir qator qo‘llanma loyihalari ishlab chiqildi. Ushbu qo‘llanmalar standart shaklida tayyorlangan bo‘lib, qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etadi hamda tavsiyaviy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.

Standartlarda sanoat korxonalari uchun gigiyena, infeksiya va uni oldini olish, umumiy ovqatlanish ob’ektlarida, transport, kemping xizmatlari, ko‘ngilochar, ma’rifiy, ishbilarmonlik, davolash-sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport muassasalarida va dam olish maskanlarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.

Shuningdek, standartlar korxona ishchi va xodimlarining salomatligini himoya qilish uchun maqbul mehnat sharoitini va mehnat jarayonini tashkil etish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, turistlarning salomatligini ta’minlash maqsadida ularga sanitariya-gigiyenik xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha umumiy talablarni belgilaydi.

Agar sizda qo‘llanma loyihalari bo‘yicha fikr va muloxazalar bo‘lsa, “O‘zstandart” agengtligining uzstandard@gmail.com va uzst@standart.uz elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz.

«O‘zstandart» agentligi
Xalkaro munosabatlar boshqarmasi