Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida faoliyat yuritadigan ”ARNASOY GOLD TEX” korxonasida ayollar kiyimi,choyshablar va bolalar kiyimlari ishlab chiqariladi.

Korxonada hozirgi kunga kelib 856 ta ishchi xodim faoliyat koʻrsatmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari esa Rossiya, Qozogʻiston, Ukraina, Moldoviya, Turkiya va Afgʻoniston davlatlariga eksport qilinmoqda.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining Jizzax filiali Eksportga koʻmaklashish byurosi  xodimlari mazkur korxonada boʻlib, muvofiqlik sertifikati hamda OEKO-TEX  STANDART 100 va ISO- 9001 xalqaro sertifikatini joriy qilishda amaliy yordam koʻrsatmoqdalar.