Rossakkreditatsiya va Akkreditatsiya markazi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi doirasida oʻtgan davr mobaynida Roskreditatsiya tomonidan 4 ta axborot-maslahat treninglari oʻtkazildi. Ushbu treninglarda 70 dan ortiq Oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasi oshirildi.

Rossiyaning “FGIS Roskreditatsiya” axborot tizimi faoliyati bilan tanishish uchun ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda ushbu tizim Rossiya tomonidan masofadan turib namoyish etildi.

Akkreditatsiya boʻyicha rossiyalik ekspertning yurtimizga safari tashkillashtirilib,  unga koʻra  davlat karantin nazorati markaziy laboratoriyasi va UzTEST markazi Boxoro filialining “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sinov laboratoriyasida kuzatuvchi sifatida baholash jarayonida ishtirok etdi.

Hozirgi kunda Federal akkreditatsiya agentligi bilan birgalikda 61 laboratoriya oʻrtasida xalqaro laboratoriyalararo taqqoslash ishlari olib borilmoqda.

Uchrashuv natijalariga koʻra Rossakreditatsiya hamda Akkreditatsiya markazi oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv memorandumida belgilangan ishlarni davom ettirish, har chorakda Anglashuv memorandumi doirasidagi ishlar, xususan Oʻzbekiston akkreditatsiya tizimining vakolatlarini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha ishlarni monitoring qilib borish, hamda Markazning baholovchilari va texnik mutaxassislari uchun oʻquv kurslarini davom ettirishga kelishildi.