Mazkur shior ostida Oʻzbekistonning atoqli va ardoqli vakili, Oʻzbekiston halq shoiri Zulfiyaxonim va Hamid Olimjonning hayoti, ijodi va faoliyatini oʻrganishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

“UzTest” markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Jizzax filiali xodimlari ishtirokida Jizzax shahridagi shoir Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi, bogʻiga ekskursiya uyushtirildi. Sayohat davomida filial xodimlari har ikki ijodkorning oʻzbek sheriati va adabiyotiga qoʻshgan ulkan merosi bilan yaqindan tanishdi.

Xodimlariga muzey xodimi X.Hakimova shoirning hayoti va ijodiga tegishli eksponatlar, fotogalereyalar, turli mavzudagi asarlari, asl qoʻlyozmalar yuzasidan maʼlumotlar berdi.