Agentlik tizimidagi Departament va va boshqa boʻlinma masʼullari viloyatning Navbahor tumanida faoliyat koʻrsatayotgan profnastil ishlab chiqaruvchi korxonalarda boʻlib,  mahsulot va uning sifati bilan yaqindan tanishdilar.

“Korxonobay” tizim orqali ishlab chiqarish korxonalari rahbar va maʼsullariga Prezidentimiz tomonidan imzolangan PF6240-sonli Farmon  va PK5133-sonli Qarorlarning mazmun-mohiyati  yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, Navbahor tumani hokimligida tadbirkorlar bilan Oʻzbekiston Rekspublikasi Prezidentining texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishga oid Farmon va Qarorlarida belgilangan qulayliklar, imtiyozlar va vazifalar buyicha amaliy semenar oʻtkazildi.

Semenarda korxona masʼullariga oʻz faoliyatlarini qayta koʻrib chiqishlari va ichki va tashqi bozorga sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishlari zarurligi aytildi. Bu jarayonda hududiy filial masʼullari amaliy yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.