Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) Bosh Assambleyaning 44-yigʻilishi London shahrida onlayn muloqot rejimida tashkil etildi.

Uchrashuvda ISO tashkilotining prezidenti Eddi Nyoroge, Bosh kotib Serxio Muxika 2022-yili 1-yanvardan ISO tashkiloti prezidenti sifatida ish boshlovchi Ulrika Franke tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida standartlashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar, regional hamkorlik masalalari, rivojlanayotgan davlatlarda loyihalar boʻyicha faollik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi korxonalarga yordam koʻrsatish, ISO kengashiga yangi nomzodlarni saylash, iqtisodiyotning yuqori texnologik doiralarida standartlashtirishni rivojlantirish, standartlashtirishda davlat ishtiroki, standartlashtirish sohasida IT-texnologiyalarining zamonaviy vosita sifatida qoʻllanishiga oid koʻpgina masalalar yuzasidan axborotlari taqdim etildi.

Tadbirda 100 ortiq mamlakatlarning Milliy standartlashtirish tashkiloti rahbarlari, jumladan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori D.Sattarov ham ishtirok etdi.

Xalkaro munosabatlar boshqarmasi