Oʻqituvchi va murabbiylar bayramida sizdek mehnatkash ustozlarga koʻnglimizda, yuragimizda yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklar bisyor.

Chunki ustoz-muallimlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimiz va unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodga bezavol yetkazish yoʻlida chinakam fidoyilik koʻrsatib mehnat qilayotgan ulugʻ insonlarsiz. Bu ulkan boylik – aql-zakovat va ilm, bu oʻlmas meros – yaxshi tarbiyadir.

Fursatdan foydalanib Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasi nomidan Respublikamizdagi barcha ustoz-murabbiylarni hamda Agentlik tizimida uzoq yillar mehnat qilib oila va farzandlari ardogʻida boʻlgan ustozlarni bayram bilan chin koʻngildan tabriklab, mustahkam sogʻlik-salomatlik, xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz.

Sizlarning shaʼningizga bildirayotgan olijanob istaklarimiz,  tashakkurlarimizni cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida qabul etgaysiz.

Dilshod Sattarov                  

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori