Agentlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda. Buning natijasida ishlab chiqarish korxonalari faoliyatidagi koʻpgina muammolarga yechim topilmoqda.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax filiali masʼullari  koʻmagida  Arnasoy tumanida joylashgan "Arnasoy gold teks” korxonasiga xalqaro ISO-9001 sertifikati taqdim qilindi. Hozirgi kunda mazkur korxona Hamdoʻstlik mamlakatlariga oʻz mahsulotlarini eksport qilmoqda.