Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida Respublikamizda gender tenglikka erishish strategiyasining 2021-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks Chora-tadbiriga asosan, “Oʻzbekistonning milliy gender strategiyasi: amalga oshirish mexanizmlari va istiqbollari” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G.Agzamova ishtirok etib, milliy gender strategiyasi yuzasidan maʼruza qildi.

Tadbirda xodimlarga xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berildi.