Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ishbilarmon va tadbirkorlar uchun yaratilgan “E-METROLOGIYA” axborot tizimi ishlamoqda. Tizim orqali barcha turdagi ariza va murojaatlar onlayn tarzda qabul qilinib qisqa muddatda elektron shartnoma tuzish imkoniyatidan foydalanilmoqda.

Respublika Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi doirasida yaratilib ishga tushirilgan ushbu tizim institutga qilinadigan murojaatlar bilan ishlashda qogʻozbozlikni keskin kamaytirib, aholi va ishbilarmonlar doirasi vakillarining vaqtini tejashga xizmat qilmoqda.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlar va hamkor korxonalar vakillari ishtirokida “E-METROLOGIYA” axborot tizimiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Unda tizimning ishlash holati, undan samarali foydalanish imkoniyatlari, tizimning oʻziga xos tomonlari haqida mutaxassislar tomonidan keng tushuncha va maʼlumotlar berildi.