Butunjahon sifat kuni - noyabrning har ikkinchi payshanba kuni dunyoning koʻplab mamlakatlarida har yili nishonlanadigan tadbirdir.

Bugun Butunjahon sifat kuni munosabati bilan Namangan viloyatida barcha mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mazkur davra uchrashuvi doirasida hududiy ommaviy axborot vositalari ishtirokida press-tur ham tashkil etildi. Unda ishtirkochilar mahsulot ishlab chiqarishdan tortib, isteʼmolchilarga yetib kelguncha boʻlgan jarayonlar bilan tanishdilar.