Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston bilan hamkorlik masalalari boʻyicha direktori Fransua Bejo, OESR tashkilotining YevroOsiyo mamlakatlari boʻlimi iqtisodchi va iqtisodchi analitigi Ameliya Shurix-Rey, Polsha, Moldaviya davlatlari ekspertlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar, hamda eksportyor korxonalar vakillari ishtirokida "Eksportni ragʻbatlantirish siyosatini takomillashtirish orqali kichik va oʻrta biznesni xalqaro bozorga chiqarish " mavzusida vebinar boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida korxonalar eksportini ragʻbatlantirish islohotlari va ustuvor yoʻnalishlari, xorijda eksportga koʻmaklashish tarmogʻini koʻrishda muvaffaqiyatning asosiy omillari, shuningdek, keng qamrovli monitoring strategiyalarini joriy etish va samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlarini belgilash kabi asosiy mavzular muhokamada boʻldi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi