“JIZZAKH PETROLEUM” MCHJ QK va “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ murojaatiga muvofiq xalqaro hamkorlik doirasida, AQSHning ASTM International tashkilotidan standartlari olindi.

Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ASTM International standartlarini oʻrganish, mahsulotlarni shu standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasi yoki Agentlik xuzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti“ davlat muassasasi (Standartlar instituti)ga murojaat qilinishi mumkin.


Xalqaro munosabatlar boshqarmasi