Agentlik huzuridagi "UzTest" markazi Buxoro filiali hamda Buxoro bojxona boshqarmasi hamkorligida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va eksport hajmini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini ta’minlash, import talablariga binoan nazoratni kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni yetkazib berish hamda mavjud sinov va kalibrlash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish yoʻnalishlarida ham keng koʻlamli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Tomonlarning navbatdagi masʼullar uchrashuvida muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish, tadbirkorlar uchun eksport va import boʻyicha keng qulayliklar yaratish, xodimlar malakasini oshirish va sohaga doir boshqa masalalar boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.