Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali masʼullari tomonidan Toshkent tumanidagi investitsiya loyihasidagi bir qator korxonalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.

Xususan, filial mutaxassislari “Jsmsld Asl Chorva” naslli chorvachilik va baliqchilik oilaviy korxonasida boʻlib, mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni taʼminlashning ahamiyati va tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlari yuzasidan maʼlumot berildi.