Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan siyosiy soat darsida siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Farmon Aminov ishtirok etdi.

 Dars davomida Prezidentimizning 2022 — 2026-YILLARGA MOʻLJALLANGAN YANGI OʻZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TOʻRISIDAgi Farmonining yaratilishi,hamda undagi ustivor yoʻnalish va 100 ta maqsadning mazmun-mohiyati toʻrisida batafsil tushunchalar berildi.

  Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustivor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida oʻtgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Prezident qarorlari qabul qilingaligi, soʻngi besh yillik islohotlar natijasida  Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratilganligi taʼkidlandi.    

Soʻngi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan ishlar, bunyodkorlik, sanoat korxonalarining ishga tushirilayotgani, yoshlarimiz uchun ish oʻrinlarini yaratib berilayotgani, ijtimoiy himoyaga qaratilgan alohida eʼtibor, fan-texnika rivoji, ilm – fan oldidagi talablar boʻyicha maʼlumot  berildi.