Prezidentimiz tashabbusi bilan 2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida qaroriga asosan “Assalom, Navruz - yangilanish,mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi! umumxalq harakati tashkil etilgani tadbirkorlar, ishbilarmonlar, qolaversa har bir saxovatpesha insonlarning yordamga muhtojlarga xayr-ehson koʻrsatish yoʻlida ayni muddao boʻldi. Bugun OʻzMMI , Qoʻqon filiali rahbar- xodimlari ishtirokida Navroʻz bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda milliy xamda bahoriy taomlar chalpak, koʻk somsa va boshqa milliy tansiq taomlar tayyorlandi. Tadbir davomida turli xil oʻyinlar tashkil etilib, arqon tortish, shashka va shaxmat oʻyinlari qiziqarli musobaqalarga ulanib ketdi. Bagʻrikenglik, insonparvarlik qon-qonimizga singib ketgan tuygʻulardir. Bugun vatandoshlarimiz ana shunday sinovli kunlarda oʻzaro jipslashib, muhtojlarga mehr-saxovat yordamlarini koʻrsatish orqali qadimdan qadrlanib kelgan olijanob fazilatlarimiz, azaliy anʼanalarimizni namoyon etib kelmoqda. Xalqimizning ana shunday ezgu xislatlarini manzilli yoʻnaltirish maqsadida Tadbir yakunida Navroʻz ayyomi munosabati bilan Qoʻqon shaxrida koʻmakka muxtoj 17 nafar insonlar holidan habar olinib moddiy yordam berildi.