Maʼlumki, mahalliylashtirishni kengaytirish hisobidan import hajmi va turlarini maqbullashtirish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning tayanch yoʻnalishi sifatida qaraladi. Xususan, Mahalliylashtirish dasturi doirasida 9,9 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan. 512 million dollarlik yoki 2016-yilga nisbatan 20 foiz koʻp mahalliylashtirilgan mahsulot eksport qilingan. 100 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish oʻzlashtirilgani, bazaviy tarmoqlarda import 353 million dollarga qisqartirilgani ham bu boradagi ishlarning natijalari boʻldi.

Belgilab berilgan topshiriqlarni ijrosi yuzasidan, joriy yilda, Jizzax shahrida,  import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish “Korea plast” xorijiy korxonasida tashkil etildi. Korxona tomonidan bosimga chidamli, bino va inshootlarni isistish tizimida qoʻllaniladigan polietilen quvurlarini ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax filiali tomonidan loyiha sohaga oid masalalar borasida qoʻllab-quvvatlanib, korxonada tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanishida, mahsulotni tamgʻalash borasida, tayyor mahsulot sinovi va sertifikatlanishida amaliy yordam koʻrsatildi.