Kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida yurtimizda koʻpgina madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali xodimlari “Yangi Oʻzbekiston, kitobsevarlar mamlakati” shiori ostida kitobxonlik uchrashuvlarini oʻtkazdilar. Mazkur tadbirda 2000 turdagi badiiy va ilmiy asarlar koʻrgazmasi boʻlib, Chirchiq shahridagi koʻplab korxona va tashkilot xodimlari ishtirok etdilar. Ayniqsa kitobxonlik uchrashuvida yoshlar, uyushmagan yoshlar, shahar faollari, Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari, shahar IIB xodimlari shaxsiy namuna koʻrsatdilar. Bunday uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad aholini kitobga boʻlgan qiziqishlarini oshirish orqali yoshlar oʻrtasida savodxonlikni yuksaltirishga qaratilgan desak xato boʻlmaydi. Shu oʻrinda kitob haqida siz bilmagan 2 fakt.

— Dunyodagi eng ogʻir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning boʻyi 1,9 metr, ogʻirligi 320 kilogrammdir.

- 95% insonlar daqiqasiga 210 soʻz yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob oʻqiydilar.