Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari Xorazm filiallari xodimlari turkiyalik investorlar tomonidan tashkil qilingan Urganch tumanida joylashgan “Bene fruits” MCHJga qarashli “In vitro” laboratoriyasida boʻldi va ish faoliyati bilan tanishdi.

Turkiya sarmoyasi asosida faoliyat yuritayotgan, 40 ta ish oʻrniga ega mazkur korxonada bir yilda 4 mlnga yaqin koʻchat yetishtiriladi. Ushbu labaratoriyada yetishtirilgan kuchatlarning asosiy qismini qoʻshni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida laboratoriyada qoʻllanilayotgan oʻlchov vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha masʼhalatlar berildi va import buyicha olib kelingan uskunalarni sertifikatlashtirish ishlari amalga oshirildi.