Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat,  qurilish, tibbiyot mahsulotlarini  bilan anʼanaviy chet el bozorlaridan tashqari Yevropa, Osiyo va Arab davlatlarida ham oʻz nufuzini mustahkamlashga intilayotgan yangi Oʻzbekistonda bu masalada sezilarli natijalarga erishilmoqda.

  Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali halqaro standartlar joriy etish, SE markirovkasi, FSSC 22000  va xalqaro ISO sertifikatlarini olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Hafta davomida Yashnaobod tumanidagi  “QUALITY Pharm” MCHJda  ISO 13485 va SE markirovkasi,  Mirzo Ulugʻbek tumanidagi "Milk Food Trade” MCHJda ISO 22000,HACCP, GSO, SMIIC standartlari, Forish tumanidagi Geobazalt produkt MCHJ bilan Yevropa va xalqaro ISO standartlari joriy etish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda  korxonalarga xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalkaro standartlar muximligi  tushuntirildi.

Shu bilan birga bugungi kunda, eksportyor korxonalar  faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi atroflicha yoritib berildi.  

 2022-yilning yanvar-mart oylarida Xalqaro xamkorlik boshqarmasi va Eksportga koʻmaklashish byurosi tomonidan 31 ta eksportyor korxonaga yordam koʻrsatildi.


Xalqaro xamkorlik boshqarmasi

Eksportga koʻmaklashish byurosi