Buxoro viloyatida 2022-yil hosili uchun don qabul qilish maskanlarini mavsumga tayyorgarligini oʻrganuvchi viloyat ishchi guruhi tomonidan don qabul qilish maskanlari, urugʻlik donni qabul qilish va uni qayta ishlab chiqarish klasterlarida oʻrganish ishlari boshlandi. Viloyatda 17 ta texnik va 3 ta urugʻlik don qabul qilish shoxobchalari mavsumga tayyorlab qoʻyilgan. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy filiallari mutaxassislari mazkur ishchi guruhi bilan hamkorlikda «Qorakoʻldonmahsulot» va “Yakkatut” don ishlab chiqarish maskanlarda boʻlib, mavjud oʻlchov uskunalarining davlat koʻrigidan oʻtkazilganligi, tarozilarning toʻgʻri ishlashi, sinov uskunalarining attestatlanganligi holatlarini qayta oʻrganib chiqdilar.
Ishchi guruhi tomonidan viloyatning qolgan tumanlarida ham oʻrganish ishlari davom ettirilib, ishlab chiqarish korxonalariga amaliy yordam koʻrsatilmoqda.