Hududiy filiallar faoliyatida Oliy taʼlim dargohlari bilan hamkorlik ustuvorlik kasb etmoqda. Sohada ilmiy izlanishlarni olib borish, malakali yosh kadrlarni ishga olish va xodimlarga ilmiy izlanish olib borishlariga koʻmaklashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro hududiy filiali, Buxoro muhandislik - texnologiya instituti bilan hamkorlik qilib keladi. Buning natijasida koʻplab uchrashuv va seminarlar oʻtkazib kelinmoqda. Bugun hududiy filialda “ Raqamli texnologiyalar davrida metrologiya» mavzusida tadbir tashkil etildi.

«20-may Butunjahon metrologiya kuni “ bayrami arafasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda, hamkorlikning istiqbollari, talabalarning amaliy mashgʻulotlarini samarali tashkil etish, soha yoʻnalishlarida bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish va hamkorlikda ilmiy ishlarni olib borish masalalari koʻrib chiqildi. Uchrashuvda institut rektori va boshqa masʼullar ishtirok etib, oʻz takliflarini bildirdilar. Shundan soʻng bir guruh iqtidorli talabalar qimmatbaho diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Uchrashuv nihoyasida institut masʼullari yangi tashkil etilgan zamonaviy laboratoriya faoliyati bilan tanishdilar.