Yurtimizda sanoat korxonaldari faoliyatiga berilayotgan eʼtibor natijasida, ularning faoliyatida bir qator ijobiy natijalar koʻzga tashlanmoqda. Masalan, Jizzax viloyatida joylashgan “Bonu Shirinliklari” ishlab chiqarish korxonasi hozirgi kunda Rossiya, Mongoliya. Ozarbayjon, Iroq, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlariga qandolat mahsulotlarini eksport qilmoqda. Mazkur korxona Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax filali tomonidan Yevroiqtisodiy ittifoqining muvofiqlik deklaratsiyasi toʻgʻrisidagi halqaro sertifikat bilan taʼminlandi.

Mazkur sertifikat korxonaga eksport uchun katta yoʻl ochadi.