Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Samarqand viloyat hududiy tizim tashkilotlari va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida viloyat prokuraturasi tergovchisi S. Ergashev qatnashib ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy taʼsiri va mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ijobiy ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi.