Avval xabar qilinganidek, bugun mamlakatimizda xalqaro ISO 9000 standartlari oilasiga mansub ISO 9001 standartini mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻz ish faoliyatida joriy qilishni tashkil etishi asosiy ustuvor vazifalardan biri etib belgilab berilgan.

Joriy yilning 23-iyul kuni Samarqand shahrida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning Samarqand viloyatidagi tizim tashkilotlari hamkorligida eksport salohiyatiga ega boʻlgan ASIA SILK WALLPAPER masʼuliyati cheklangan jamiyatga milliy va xalqaro ISO 9001 sertifikati topshirildi.

Korxonada ISO 9001 xalqaro standartlari talablariga mos keluvchi sifat menejmenti tizimini yaratish va joriy etish korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish va ishonchli hamkorlar sifatida oʻz oʻrniga ega boʻlish uchun katta imkon beradi.

Xulosa qilib shuni taʼkidlash kerakki, bugungi kunda zamonaviy sifat menejmenti tizimini samarali joriy etgan ASIA SILK WALLPAPER masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻzining ishlab chiqargan mahsulotlari sifati, raqobatbardoshligini oshirishlari orqali milliy bozordagi oʻz pozitsiyasini saqlab qolishi hamda xorijiy bozorlarda mustahkamlab borishiga zamin yaratadi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi